9 fevral kunining birinchi yarmida Germaniyaning Bavariya yeri hududida 2ta yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi.
Spiegel nashrining Rozenxaym shahri politsiyasiga asoslanib, xabar qilishicha bu to‘qnashuv natijasida halok bo‘lganlar soni 8 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 150 nafardan ortiq kishi hodisa jabrlanuvchilariga aylanishgan. To‘qnashuv vaqtida bir nechta vagonlar izdan chiqib ketgani aytilmoqda.
Ayni vaqtda voqea joyiga tibbiy vertolyotlar va tez tibbiy yordam mashinalari yetib kelgan.
Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.