Euronews telekanalning “O‘zbekistondan otkritkalar” turkumidagi so‘nggi reportajida Shahrisabz shahridagi Oqsaroy haqida hikoya qilindi.
Unda Oqsaroyning XIV asrda qurilgani, o‘z davrida Amir Temurning qarorgohi bo‘lgani, balandligi 56 metr bo‘lgan saroy O‘rta Osiyodagi eng baland binolardan hisoblangani hamda Oqsaroy YuNeSKOning Butunjahon meroslari ro‘yxatiga kiritilgani to‘g‘risidagi ma'lumotlar beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Euronews telekanalida bundan avval “O‘zbekistondan otkritkalar” turkumida Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasi, Xivadagi Ichanqal'a va Kalta-Minor tarixiy yodgorliklari, Tosh hovli saroyi, Marg‘ilon atlasi, Rishton kulolchiligi haqida videoroliklar namoyish etilgandi.