Suriya poytaxti Damashq shahrida rus maktablari qurilishi uchun yer ajratib beriladi. Bu haqda Rossiyaning Damashqdagi elchisi Aleksandr Kinshchakka asoslanib, RIA Novosti xabar bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Damashq munitsipaliteti Yangi Damashq deb ham ataluvchi Qudsiya Al-Jadid mavzesidan 1 ga maydonni qurilish ishlari uchun ajratgan.
"Hozircha shunisi aniqki, bu yerga Imperial pravoslav Falastin jamiyati vakillari bo‘lg‘usi rus maktablarining birinchisi poydevoriga ilk g‘ishtni qo‘yish uchun kelishlari rejalashtirilgan", deydi elchi.
Kinshchakning qayd etishicha, suriyaliklar ham shahar hududida rus maktabi qurilishiga qiziqish bildirishgan.
Ma'lumot uchun rus tili Suriyadagi barcha maktablarda asosiy xorijiy til sifatida o‘qitilishi joriy qilingan.