Avstraliya qirg‘oqlarida kamdan-kam uchraydigan oq toshbaqani topib olishdi. Uni Kvinslen qirg‘oqlarida 122ta yashil toshbaqa bolalari orasidan topishgan.
Yosh tadqiqotchilarning ma'lum qilishlaricha, noodatiy ko‘rinishdagi bu toshbaqa bolasi o‘zini odatdagi toshbaqachalar kabi tutib, boshqalari kabi suvga tomon yo‘nalgan. Uning soppa-sog‘ligi qayd etilgan.
"Uning faqat ranggi boshqacha", deydi guvohlardan biri.
Mutaxassislarning aytishicha, bunday toshbaqa bolalari odatda ulg‘ayishga ulgurishmaydi. Undaylarning 1000tadan bittasigina omon qolishi mumkin va bu toshbaqada ham yashab ketish uchun imkoniyat kam.
Bundan oldinroq, Tanzaniyada oq rangli jirafani uchratishgandi.