AQSh hukumati Afg‘onistondagi "Tolibon" jangarilariga qarshi kurash doirasidagi harakatlarini kengaytirish maqsadida bu mamlakatdagi harbiy kontingenti miqdorini oshiradi. Bu haqda The Guardian xabar yozgan.
Qayd etilishicha, bu qarorga jangarilarning mahalliy hukumatga qarshi kurashda ustunlikka erisha boshlagani sabab bo‘lmoqda.
Xabar qilinishicha, amerikalik harbiylardan iborat bir batalon fevral oyi oxirida Afg‘onistonning G‘ilmon viloyatiga joylashtiriladi. "Tolibon" bu viloyatda amerikalik va britaniyalik harbiylar bo‘lishiga qaramasdan hududni egallab olishni rejalashtirgan va bu hududda yetishtiriladigan giyohvand moddalar nazoratini qo‘lga olishni mo‘ljallagan. Jangarilar ayni vaqtda viloyat markazi Sanginni deyarli egallab bo‘lishgni aytiladi.
Afg‘oniston hukumati bilan yangi kelishuvga ko‘ra, AQSh harbiylari harbiy harakatlarda ishtirok etmaydi va mahalliy harbiylarni janglarga tayyorlash bilan shug‘ullanadi.
Qayd etish kerakki, oxirgi oylarda Afg‘onistonda vaziyat og‘irlashmoqda. "Tolibon" jangarilari mamlakat shimolidagi hududlarida ta'sirini kengaytirgan.