"Rossiya 1" telekanalida Rossiya maxsus kuchlarining Suriyadagi jangovor harakatlarga tayyorlanishi haqidagi lavha ko‘rsatildi, db xabar bermoqda RNS.
Ta'kidlanishicha, Checheniston hududida joylashgan harbiy lagerdan Suriyadagi Rossiya aviabazasi xavfsizligini ta'minlovchi maxsus bo‘linmalarni tayyorlash uchun foydalaniladi.
Aksariyati chechenlarni tashkil qiluvchi maxsus kuchlar jangchilarining IShIDga qarshi janglarda qatnashishi haqida Checheniston rahbari Ramzon Qodirov gapirib berdi. U birinchi marta Suriyada bir necha nafar chechenistonlik harbiy halok bo‘lganini ma'lum qildi.
Qodirovning aytishicha, bir necha yil avvaloq maxsus kuchlar jangchilari Yaqin Sharqqa o‘shanda endi vujudga kelayotgan IShIDga qarshi razvedka olib borish uchun komandirovka qilingan bo‘lgan.
"Bizning yigitlar NATO bazalaridagi yig‘inlardan o‘tishgan, ularni Suriya davlatiga kiritishgan", deb ta'kidlab o‘tdi Qodirov.
Telekanal, shuningdek, maxsus kuchlarning kiyim-boshini ham ko‘rsatdi.