Afg‘oniston politsiyasi 80 kishini tolib jangarilari asirligidan ozod qildi

Jahon 07:16 / 08.02.2016 3397

Afg‘oniston politsiyasi xodimlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgan operatsiya natijasida "Tolibon" jangarilari tomonidan Afg‘onistonning Farob viloyatida o‘g‘irlab ketilgan 80 kishini ozod qildilar. Bu haqda Khaama Press nashri xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, jangarilar 8 fevralda mahalliy vaqt bilan 17.00 da tinch aholi ketayotgan ikki avtobusni to‘xtatib, undagi barcha odamlarni o‘g‘irlab ketgan.

Shundan keyin politsiyachilar asirlarni qutqarish bo‘yicha operatsiyani boshlashgan. Bir necha soat o‘tib barchasi muvaffaqiyatli yakunlangan. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, toliblar qo‘lida yana ikki asir qolmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: