2015 yilda O‘zbekistonda 158 ta yirik investitsiya loyihaning amalga oshirilishi nihoyasiga yetkazildi

Iqtisodiyot 11:12 / 08.02.2016 3106

2015-2019 yillarga mo‘ljallangan tarkibiy o‘zgartirishlarni, ishlab chiqarishning modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishini ta'minlash chora-tadbirlari dasturining amalga oshirilishi doirasida o‘tgan yilda investitsiya jarayonlarining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan mexanizmlarni takomillashtirish ishi amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining xabar qilishicha, 2015 yilda O‘zbekistonda umumiy qiymati 7,4 mlrd. dollarni tashkil qiluvchi 158 ta yirik investitsiya loyihaning, shu jumladan "Surg‘il" koni bazasida Ustyurt GKMni qurish”, “Qo‘ng‘irot soda zavodila kaltsiylangan soda ishlab chiqarishni kengaytirish”, "Jizzax" EIZ hududida energiyani tejovchi svetodiodli yoritish asboblari ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Xorazm viloyatida Labo avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish”, "Jizzax" EIZ hududida poyabzal sanoati uchun plastmassa materiallari va furnitura ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Namangan shahrida teri ust-boshlar ishlab chiqarishni tashkil etish” kabi va boshqa loyihalarning amalga oshirilishi nihoyasiga yetkazildi.

Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, ishlab turgan ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning nomenklaturasini kengaytirish va raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida ishlab chiqarish hajmlari o‘sishining eng yuqori sur'atlari yengil sanoat (116,6 foiz), yog‘ochga ishlov berish (115,6 foiz), qurilish materiallari sanoat (114,1 foiz), oziq-ovqat sanoati (114,4 foiz), farmatsevtika va tibbiy sanoat (128,9 foiz) kabi tarmoqlarda qayd etildi.

Ko‘proq yangiliklar: