Xitoy Janubiy Koreya hududiga AQShning raketaga qarshi mudofaa tizimi o‘rnatilishidan jiddiy xavotirda, deya bayonot berdi Xitoy tashqi siyosat mahkamasi.
XXR TIV bayonotida keltirilishicha, Xitoy Seul va Vashingtonning yakshanba kunidagi qaroridan “jiddiy xavotir”da ekanini ma'lum qildi. Raketaga qargi mudofaa tizimi masalasida Xitoy tomonining pozitsiyasi aniq.
“O‘z xavfsizligini ta'minlashga harakat qilayotgan barcha mamlakatlar boshqa davlatlarning xavfsizlik sohasidagi manfaatlari, shuningdek, mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni ham inobatga olishlari shart”, -deya qayd etdi XXR TIV.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 fevral kuni AQSh va Koreya Respublikasi yarimorolga Amerikaning raketaga qarshi THAAD mudofaa tizimini joylashtirish to‘g‘risidagi rasmiy muzokaralarga kirishishga kelishib oldi. Tizim Shimoliy Koreyaning raketalari, jumladan, dengiz orqali uchiriladigan ballistik raketalar, R-17 (Scud) va "Nodon" toifasiga mansub raketlarni tutishi mumkin.
Janubiy Koreya tomoni vakilining ta'kidlashicha, tizimlarning joylashtirishi Xitoy xavfsizligiga rahna solmaydi va THAAD Koreya yarimorolida AQSh hududining xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilmaydi.