AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga yetarlicha baho bermaslikning maqbul ish emasligini ma'lum qildi. Bu haqda The Independent yozmoqda.
“Bu yigit hali yosh, u generallar bilan ishlay oladi, uning otasi vafot etdi va u [ular ustidan] nazoratni saqlab qolmoqda. Nimadir sodir bo‘lmoqda. Bunday yigitga past baho bermang. Unga past baho bermang!” – dedi Tramp 6 fevral kuni Florentsiyada (Janubiy Karolina shtati) bo‘lib o‘tgan mitingda.
Shu bilan birga, siyosatchi Kim Chen In unga yoqmasligini aytib, uni savdoyi bo‘lsa kerak, deya taxmin qildi.