Tramp IShIDni yo‘q qilish uchun qanday yo‘l tutish kerakligini aytdi

Jahon 12:28 / 07.02.2016 14173

IShID jangarilarini parchalab tashlash uchun terroristlarni neft va moliyaviy oqimlardan bebahra qoldirish kerak, dedi AQSh prezidentligiga nomzod, milliarder Donald Tramp.

“To‘rt yil muqaddam men terroristlarni yo‘q qilish uchun ularning neft obektlarini bombalash va ular qo‘lidan neftni tortib olish kerak, deb aytgan edim”, - dedi tadbirkor.

“Agarda biz shuni qilganimizda, hozir bunday muammo bo‘lmas edi. Bugun men yana o‘sha gaplarni aytaman”, - dedi Tramp Nyu-Hempshir shtatidagi teledebatlar chog‘ida.

Tadbirkor AQSh o‘z ittifoqchilaridan ularning bank tizimlari orqali terroristlarga yetib borayotgan barcha moliyaviy oqimlarni to‘xtatishni talab qilishi lozimligini qayd etib o‘tdi. “IShID qo‘liga katta miqdordagi mablag‘lar ittifoqchilarimiz hisoblari orqali o‘tmoqda. Shuning uchun moliyaviy va neft oqimlarining to‘xtatilishi terroristlarni tang ahvolga solib qo‘yadi. Buni to‘rt yil avval qilish kerak edi, hozir emas”, - dedi Tramp.

Ko‘proq yangiliklar: