Tayvandagi zilzila qurbonlari soni 34 kishiga yetdi

Jahon 21:18 / 07.02.2016 3867

Tayvandagi kuchli zilzila qurbonlari soni 34 kishiga yetdi, 515 kishi jabrlangan.

29 qurbon Taynan shahrining Yunkan tumanida joylashgan 17 qavatli "Veyguan" turar-joy binosida yashaganlar bo‘lgan. Bino to‘liq vayron bo‘lgan, hozir bino vayronalarini tozalash va tirik qolganlarni qidirish bo‘yicha qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Ayni vaqtda 120 dan ko‘proq kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Ular vayronalar ostida qolganlari taxmin qilinmoqda. 7 fevralda vayronalar ostidan bir necha kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lindi.

Zilzila oqibatida katta bino bir necha joyidan yorilgan va qulab tushgan. Hukumat bino sifatsiz materiallardan hamda me'yor va talablarga rioya qilinmagan holda qurilgan, deb hisoblamoqda. Ushbu holat yuzasidan tegishli tergov o‘tkazilgan.

Tayvan orolida 6 fevralga o‘tar kechasi 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Oqibatda Taynan shahridagi bir necha inshoot vayron bo‘lgan.

Fojia munosabati bilan Xitoy raisi Si Tszinpin halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirdi va tabiiy fojia oqibatlarini bartaraf etishda o‘z yordamini taklif qildi.

Ko‘proq yangiliklar: