KXDR tomonidan uchirilgan raketa bosh obtekatel (aerodinamik qarshilikni yengish uchun ishlab chiqilgan maxsus konstruksiya) ajralishi bosqichida radarlardan yo‘qoldi, deya xabar bermoqda Janubiy Koreyaning “Ryonhap” agentligi.
Bungacha esa raketaning yongan qismlari Chejudo orolidan janubi-g‘arbroqda dengizga qulagani haqida xabar qilingan edi. Hozircha bu holat raketa parvozining omadsiz yakunlangani haqida ma'lumotlar mavjud emas.
Bundan avvalroq Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan raketani mamlakatlar manfaatlariga tahdid va ittifoqchilar xavfsizligiga xavf deb atagan edi. Amerika tomonining fikricha, raketa sinovi tashviqot va vaziyatni beqarorlashtirishga urinishdan boshqa narsa emas. Shimoliy Koreyaning harakatlari BMT Xavfsizlik kengashining bir qator rezolyutsiyalarini qo‘pol ravishda buzish ham hisoblanadi.