O‘zbekistonning uchta sanoat hodudida joriy yilda umumiy qiymati 500 mln dollar bo‘lgan 35 ta yangi investitsion loyihani amalga oshirish boshlanadi, deb ma'lum qildi "Sputnik Uzbekistan" nashri muxbiriga O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligidagi manba.
Manbaning aytishicha, bu loyihalardan maqsad O‘zbekistonning iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bo‘yicha strategiyasini kelgusi amalga oshirish, uning jahon iqtisodiyotiga integratsiyasi, xom ashyo eksportini qayta ishlangan xom ashyo va tayyor mahsulot eksportiga o‘zgartirishdan iborat.
Xususan, "Angren" erkin sanoat hududida 2016 yilda Long Sheng korxonasi sharikli ruchkalar va flomasterlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, bu yerda texnik moylar va charmni qayta ishlash, payvandlash elektrodlarini tayyorlash, keramik plitalar, kompozit armatura va boshqalarni ishlab chiqarish bo‘yicha 13 ta loyiha amalga oshiriladi.
Hozirda hududda 7 ta yangi korxona ishlamoqda. Angren quvurlar zavodi mis quvurlar, "Yegl-Nur" korxonasi svetodiod lampalar, "Angren shakar" XK shakar ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, bu yerda ko‘mir briketlari, gipsokarton, texnik kremniy ishlab chiqariladi.
"Navoiy" erkin iqtisodiy-sanoat hududida ham 7 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu yerdagi "Yegaye Cable" korxonasi avtomobil simlari ishlab chiqaradi.
"UzMinda" QK spidometrlar va avtomobillar uchun xavfsizlik tizimlari ishlab chiqaradi. "Avtosanoat-Landi Renzo" QK siqilgan tabiiy gazga o‘tkazish uchun kapotosti qurilmalarini ishlab chiqaradi.
Yaqin yillarda bu yerda "GM Uzbekistan" kompaniyasi uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi bir qator korxonalarni yaratish rejalashtirilmoqda.
"Jizzax" erkin iqtisodiy-sanoat hududida asosan xitoylik investorlar ishlaydi. Bu yerda asosiy korxona "Peng Sheng" QK hisoblanadi. Bu hududda tomonlar hamkorligining 1-bosqichida mobil telefonlar, santexnika buyumlari uchun smesitellar, armatura ishlab chiqaruvchi korxonalar yaratildi. Shuningdek, bu yerda uy jonivorlari uchun oziqa ishlab chiqarish va ularning ichak-chovoqlarini qayta ishlovchi korxonalar ishga tushirilgan.