"Manchester Siti"da Gvardioladan keyingi murabbiy nomini ham aniqlab olishdi

Sport 15:48 / 07.02.2016 5729

Ayni vaqtda MLSda "Nyu-York Siti" jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan sobiq futbolchi Patrik Viyeyra "Manchester Siti"da Xosep Gvardioladan keyin bosh murabbiylik kursisini qabul qilib oladi. Bu haqda Sunday Express nashri xabar tarqatgan.

"Ispaniyalik mutaxassis inglizlar jamoasida hali ish boshlashga ulgurmasdan turiboq, rahbariyat undan keyin jamoa murabbiyi kim bo‘lishini hal qilib oldi", deyiladi xabarda.

"Shaharliklar" rahbariyati 3 yildan keyin, Xosep Gvardiola bilan tuzilgan shartnoma muddati tugagach, o‘z vaqtida "Arsenal" va "Manchester Siti" jamoalari sharafini futbolchi sifatida himoya qilgan fransiyalik mutaxassisni APLdagi tajribasini inobatga olgan holda jamoa boshqaruviga qo‘yishni rejalashtirgani aytilgan.

Ko‘proq yangiliklar: