Madridda ikki nafar qo‘g‘irchoq teatri artisti “terrorizmni ko‘klarga ko‘targani uchun” hibsga olindi

Jamiyat 12:02 / 07.02.2016 2778

Ispaniya poytaxti Madrid shahrida ikki nafar qo‘g‘irchoq teatri artisti terrorizmni vasf etganlikda ayblanib qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Associated Press.

Sudda ma'lum qilinishicha, qo‘g‘irchoqbozlar Alfonso Lasaro de la Fuente va Raul Garsia Peres qo‘g‘irchoqlar ijrosida rohibani chormixga ilib, politsiya qahramonlarini ur-kaltak qilgan.

Bundan tashqari, spektakl doirasida basklarning ETA tashkilotini qo‘llab-quvvatlagan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 1995 yildan buyon Ispaniyada terrorizmni ommaviy qo‘llab-quvvatlash jinoyat hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: