Gvardiola «Manchester Siti»ga «Barselona» hujumchisini olib kelmoqchi

Sport 12:23 / 07.02.2016 5101

Joriy mavsum so‘ngida «Manchester Siti» klubida bosh murabbiy sifatida ish boshlaydigan Xosep Gvardiola yangi jamoasiga «Barselona» hujumchisi Luis Suaresni olib kelishni rejalashtirgan. Bu haqda Sunday Mirror nashri xabar bergan.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, urugvaylik futbolchi “shaharliklar”ning yozgi transferdagi birinchi raqamli maqsadi bo‘ladi.

Joriy mavsumda 29 yoshli hujumchi Ispaniya chempionatida 20ta o‘yinda maydonga tushib, 19ta gol va 6ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Shuningdek, u YeChLda 5ta gol urib va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

Ko‘proq yangiliklar: