2015 yilda Ellikqal'a tumanida 60dan ziyod servis va xizmat ko‘rsatish obektlari foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston 19:48 / 07.02.2016 3406

2015 yil davomida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining servis hamda xizmat ko‘rsatish sohasida jami qiymati 7,0 mlrd so‘mlik 60 dan ziyod turli servis va xizmat ko‘rsatish obektlari ishga tushirildi.

Jumladan, tuman markazida “Bo‘ston Lider” xususiy korxonasi tomonidan korxonaning 500,0 mln so‘m mablag‘i hamda 80,0 mln so‘mlik bank kreditlari hisobidan yirik “LIDeR” savdo va umumiy ovqatlanish majmuasi, yakka tadbirkor O‘mirbek Nurumbetov tomonidan tadbirkorning 300,0 mln so‘mlik mablag‘i hamda 130,0 mln so‘m bank kreditlari hisobidan “ShOHJAHON” savdo majmuasi qurilishi yakunlandi. Shuningdek, “Nurummat Qurbanov” parrandachilik fermer xo‘jaligi tomonidan tijorat bankining 600,0 mln so‘m hamda fermer xo‘jaligining o‘z mablag‘lari hisobidan parrandachilik yo‘nalishida katta hajmdagi ishlar amalga oshirilishi va “BO”STON CHIKING” nomli yangi broyler sexi ishga tushirilishi tuman ahli uchun ijobiy qarshi olindi. “Guldursun” ovul fuqarolar yig‘ini hududida esa “Guldursun diyori” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan korxonaning 200,0 mln so‘mlik va 100,0 mln so‘m bank kreditlari hisobidan yangi zamonaviy “ORZU” tantanalar uyi qurilib, foydalanishga topshirildi. Shu bilan birga, “Diydor baxt ostonasi” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ham 450,0 mln so‘m bank kreditlari va jamiyatning o‘z mablag‘lari hisobidan “DIYDOR” tantanalar uyi rekonstruksiya qilindi.

Shular qatorida aytib o‘tish joizki, 2015 yilda investitsiya dasturlari asosida 10 ga yaqin ijtimoiy, madaniy va ta'lim muassasalarida 10,0 mlrd so‘mlik qurilish, ta'mirlash va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Dilshodbek Jumaniyozov Kun.uz uchun maxsus,
Ellikqal'a tumani

Ko‘proq yangiliklar: