Yaponiya bosh vaziri Shimoliy Koreyadan raketa uchirishdan voz kechishni qat'iy talab qilmoqchi

Jahon 07:45 / 03.02.2016 2665

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe AQSh va boshqa davlatlar bilan birgalikda ishlab, Shimoliy Koreyadan raketa uchirish rejasidan voz kechishini qat'iy talab qilishini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi. 

Abening aytishicha, Shimoliy Koreyaning bu qarori Yaponiyaning milliy xavfsizligiga xavf soluvchi ig‘vogarlikdir.

Avvalroq Janubiy Koreya Shimoliy Koreya sun'iy yo‘ldosh emas, balki uzoq masofalik ta'sir doirasiga ega raketani uchirishini ma'lum qilgandi.

Shimoliy Koreya Dengiz ma'muriyati direktori mamlakat milliy koinot dasturi doirasida sun'iy yo‘ldosh uchirishini aytgandi. AQSh Davlat departamenti yo‘ldoshning uchirilishi Shimoliy Koreya tomonidan xalqaro majburiyatlarning "chidab bo‘lmas qoidabuzarligi" bo‘lishini aytgan. 

Ko‘proq yangiliklar: