Yahoo o‘z xodimlari sonini 15 foizga qisqartirib, 5 ta idorasini yopmoqchi

Jahon 08:45 / 03.02.2016 2196

AQShning Yahoo! kompaniyasi xodimlari sonini 15 foizga qisqartirish va 5 ta shahar: Dubay, Mexiko, Buenos-Ayres, Madrid va Milandagi bo‘limlarini yopishni rejalashtirayotganini rasman e'lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot bayonotida aytilmoqda.

Ta'kidlanishicha, bu o‘zgarishlarni 2016 yilning 1-choragida amalga oshirish mo‘ljallanmoqda.

Yahoo joriy yil oxirigacha 9 ming ishchi va mingdan kamroq pudratchilarga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, olib qolinadigan xodimlar soni 2012 yildagidan 42 foizga kamroq bo‘ladi va yiliga 400 mln dollar tejashga imkon beradi.

Kompaniya bunday keskin choralar evaziga "2017 va 2018 yillarda kuchliroq o‘sishga erishmoqchi".

Ko‘proq yangiliklar: