Xitoy jamoalaridan biri Yaya Ture uchun yiliga 30 mln funt maosh taklif qilmoqda

Sport 10:05 / 03.02.2016 2411

"Manchester Siti" jamoasi yarim himoyachisi Yaya Ture o‘z faoliyatini Xitoy klublaridan birida davom ettirishi mumkin.

The Telegraph nashrida yozilishicha, unga Xitoyning birayo‘la uchta jamoasidan taklif bildirilgan.

Manbaning ta'kidlashicha, 32 yoshli ivuarlik futbolchiga "Tszyansu Saynti" klubi katta qiziqish bildirmoqda. Xitoy chempionati vakili tajribali yarim himoyachiga yiliga 30 mln funt (39,5 mln yevro) to‘lashga tayyorligi aytilgan. Ya'ni, agar Ture bu transferga rozilik bildirsa, haftasiga 577 ming funt ishlaydi, bu esa uning hozirgi maoshidan 2 baravar ko‘p demakdir.

Agar bu transfer amalga oshsa, Yaya Ture Messi ("Barselona", yiliga 47,8 mln funt) va Ronaldu ("Real", yiliga 39,7 mln funt) kabi futbolchilardan keyin dunyoda eng ko‘p miqdordagi maosh to‘lanadigani uchinchi futbolchiga aylanadi.

Qayd etish kerakki, Xitoyda qishki transferlar 26 fevralgacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Yahyo Ture 2010 yildan buyon "shaharliklar" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: