Ted Kruz AQSh prezidenti bo‘lsa, Rossiya bilan yadroviy qurolsizlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga va'da berdi

Jahon 08:12 / 03.02.2016 3072

AQShning Ayova shtatida praymerizni yutgan AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Ted Kruz saylovlarda g‘alaba qozonsa, Rossiya bilan yadroviy qurolni qisqartirish masalasini muhokama qilishga va'da berdi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.

Kruzga u AQShning sobiq prezidenti Ronald Reygan kabi Rossiya bilan yadroviy qurolni qisqartirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishini bilish maqsadida savol berildi.

Kruz "bizning manfaatlar yaqinlashgan va biz kuch borasida muzokaralar o‘tkazadigan joyda u yoki bu masalada ancha uzoqroq ildamlashimiz mumkin" deb aytdi.

"Men strategik raqib sifatida Rossiya bilan, ular bizning do‘stimiz deb o‘zimni aldamay, muzokaralar o‘tkazish va ishlashdan xursand bo‘lardim", deb aytdi respublikachi nomzod.

Kruz Rossiyaning yadroviy arsenalini AQSh uchun xavfli deb hisoblamasligini aytdi. Kruz bunday qurolning Eron tomonidan ishlab chiqarilishidan ko‘proq xavotirlanishini ta'kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: