Rossiya Afg‘onistondagi vaziyat sababli Tojikistonga yordam beradi

Jahon 12:43 / 03.02.2016 5646

Rossiya Afg‘oniston tomonidan xavf kuchaygani sababli Tojikistonga qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan yordam qiladi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.

Rossiya Mudofaa vazirining o‘rinbosari Anatoliy Antonov va Tojikiston mudofaa mahkamasi rahbari Sherali Mirzo o‘rtasida kechgan uchrashuvda mazkur masala tafsilotlari muhokama qilingan.

Antonovning so‘zlariga ko‘ra, qurol-yarog‘ va harbiy texnikalarni yetkazib berish bilan Tojikiston qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirish hududda ro‘y berayotgan vaziyatni hisobga olganda, muhim ahamiyat kasb etadi.

Ko‘proq yangiliklar: