Irlandiyada Zika virusi bilan kasallanishning ilk holatlari qayd etildi

Jahon 08:38 / 03.02.2016 1949

Irlandiyada Zika virusi bilan kasallanishning birinchi holatlari qayd etildi, deb xabar bermoqda Irlandiya sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha ijrochi agentligiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu virus bilan kasallangan erkak va ayol virus avj olgan Lotin Amerikasi davlatlaridan biriga safardan yaqinda qaytgan bo‘lganlar.

Ta'kidlanishicha, bu ikki kasallanish holatining bir-biri bilan aloqasi yo‘q, ayol esa homilador emas. Ma'lum qilinishicha, bemorlar hozirda o‘zlarini yaxshi his etmoqdalar.

"Irlandiyada Zika virusining aniqlanishi kutilmagan hodisa emas, chunki ko‘plab Yevropa davlatlari o‘z fuqarolarining kasallik tarqalgan davlatlarga sayohat qilishi oqibatida bu virus bilan kasallangani holatlari haqida ma'lum qilmoqdalar", deyilmoqda agentlik xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: