Futzal bo‘yicha XIV Osiyo chempionati 10-21 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Toshkent shahri mezbonlik qiladigan musobaqada ishtirok etuvchi terma jamoalar yakuniy tarkiblarini e'lon qilishmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo chempionati uchun topshirgan "zayavka"sidan 14 nafar futzalchi o‘rin oldi.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining OFK ga topshirgan "zayavka"si:
Rahbariyat
Jahongir Usmonov - Delegatsiya boshlig‘i
Pazos Mendez Xose Mariya - Bosh murabbiy
Rustam Tolibjonov - Menejyer
Bahodir Ahmedov - Murabbiy
Nikolay Odushev - Murabbiy yordamchisi
Aleksandre Anholeto - Fizioterapevt
Sisniyega Arkaitz Gomez - Fitness murabbiy
Nodir Yusufjonov - Tarjimon
Baxtiyor Mametov - Matbuot kotibi
Ulug‘bek Azizov - Ma'mur
Rasul Dayanov - Massajchi
Sunnatilla Yulchiyev - Shifokor
Futzalchilar
Darvozabonlar: Rustam Umarov, KlimTyugayev, Akmaljon Xazratqulov;
O‘yinchilar: Feruz Faxriddinov, Javlon Anorov, Konstantin Sviridov, Andrey Shlema, Jamoliddin Sharipov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Davron Choriyev, Dilshod Rahmatov, Nodir Eliboyev, Dilshod Irsaliyev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning “A” guruhida Livan, Qirg‘iziston hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan pley-off yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
Osiyo chempionatida dastlabki beshta o‘rinni band etgan jamoalar shu yilning 10 sentabridan 1 oktabriga qadar Kolumbiyada o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.