De Mistura: Jyenevadagi muzokaralar inqirozga uchrasa, Suriya uchun boshqa umid qolmaydi

Jahon 08:50 / 03.02.2016 2936

BMTning maxsus elchisi Staffan de Mistura Jyenevadagi navbatdagi Suriyaaro muzokaralar inqirozga uchrasa, Suriyada tinchlik o‘rnatishga boshqa umid qolmasligini aytdi. U bu haqda RTS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Inqiroz doimo bo‘lishi mumkin, ayniqsa 5 yillik dahshatli urushdan keyin. Biroq Jyenevadagi ikkita muzokaradan keyin agar bu gal ham muzokaralar inqiroz bilan yakunlansa, Suriya uchun boshqa umid qolmaydi", deb aytdi de Mistura.

Shu bilan birga de Mistura yarashuvga erishish mumkinligiga umid bildirdi.

"BMTda natijalar bo‘lishini istamoqdamiz", deb qo‘shimcha qildi de Mistura.

Ko‘proq yangiliklar: