Braziliya prokuraturasi Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Neymarga hujjatlarni qalbakilashtirish va soliq to‘lashdan bosh tortish bo‘yicha ayblov e'lon qildi. Unga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi hujumchisi 7 yil davomida davlat g‘aznasiga soliq to‘lamagan. Bu haqda olamsport.com xabar bergan.
Prokuratura xabariga ko‘ra, qoida buzilish holatiga 2006 yildan 2013 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yo‘l qo‘yilgan. Neymardan tashqari, uning otasi Neymar da Silva Santos, “Barselona” sobiq prezidenti Sandro Rossel hamda Kataloniya klubining hozirgi prezidenti Xosep Mariya Bartomeuga ham ayblov qo‘yilmoqda.
2 fevral kuni Neymar Madrid sudida bo‘lgan va “Barselona” klubiga o‘tish jarayoni yuzasidan tegishli ko‘rsatmalarni bergan.
Neymar Ispaniya milliy sudiga chaqirildi
"Barselona"dagilar Neymarni Kennedining qotilligida ham ayblashlaridan xavfsirashmoqda