«Arsenal» 2009 yildan beri ilk marta qatorasiga 3ta o‘yinda gol ura olmadi

Sport 09:02 / 03.02.2016 1606

Londonning «Arsenal» klubi 2 fevral kuni APLning 24 turi doirasida o‘z maydonida «Sautgempton»ni qabul qilib, 0:0 hisobidagi durangni qayd etdi.

Shu tariqa, londonliklar Angliya chempionatida ketma-ket uchta o‘yinda gol ura olishmadi. Bunday salbiy natija oxirgi marta 2009 yilning fevralida kuzatilgan edi.

«Arsenal» bundan oldingi turda «Chelsi»ga qarshi kechgan uchrashuvni 0:1 hisobida boy bergan, 22 turda esa «Stok Siti»ga safar qilib, 0:0 hisobidagi durang bilan qaytgandi.

Bundan tashaqari, endilikda Venger shogirdlari turnirdagi g‘alabasiz seriyasi 4ta o‘yindan iborat bo‘lib turibdi.

«Arsenal» 24 turdan so‘ng 45 ochko to‘plagan holda 4-o‘rinda bormoqda va peshqadam «Lester»dan 5 ochko ortda qolmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: