AQSh davlat qarzi 19 trillion dollardan oshdi

Iqtisodiyot 13:17 / 03.02.2016 11304

AQSh hukumati davlat qarzi 19 trillion dollardan oshganini rasman tasdiqladi. Bu haqda The Washington Times nashri Moliya vazirligi ma'lumotiga tayanib xabar qildi. Nashrning qayd etishicha, AQSh prezidenti ma'muriyati 19 trillionlik chegarani o‘tgan haftada qayd etgan.

13,7 trln dollar atrofidagi davlat qarzlari xususiy investorlar hamda Amerika va xorijdagi investkompaniyalarga tegishli. Qolgan qismi esa ichki qarzlarga tegishli. Gazeta ma'lumotiga ko‘ra, Barak Obama hokimiyat tepasiga kelganida AQSh davlat qarzlari ikki barobar kamroq — $10,6 trln dollar edi.

Respublikachilar Obama ma'muriyatini mablag‘larni talon-taroj qilish va samarasiz foydalanishda ayblagan bo‘lsa, ma'muriyat ayblovlarni inkor etib, mamlakatda Obamaga qadar boshlangan inqirozga qarshi kurash olib borilayotganini ta'kidlab o‘tishgan.

Ko‘proq yangiliklar: