2015 yilda Toshkent shahrida yalpi hududiy mahsulot hajmi o‘tgan yilga nisbatan 11,6 foizga o‘sdi

Iqtisodiyot 12:18 / 03.02.2016 2847

2015 yilda Toshkent shahrida yalpi hududiy mahsulot hajmi o‘tgan yilga nisbatan 11,6 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 16,8 foizga, iste'mol mollari ishlab chiqarish 16,9 foizga, chakana savdo aylanmasi 17,0 foizga, xizmatlar 16,7 foizga, pudrat-qurilish ishlari 9,9 foizga o‘sishi ta'minlangan.

Bu haqda 2015 yil yakunlari va 2016 yilda Toshkent shahar iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi o‘ninchi sessiyasida ma'lum qilingan. Tadbir tafsilotlari esa Toshkent shahar hokimiyati saytida e'lon qilindi.

2015 yilda kichik biznes sub'yektlari soni 45490 taga yetdi. Kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi esa 57,0 foizni, sanoatdagi ulushi 71,2 foizni, xizmatdagi ulushi 52,8 foizni, hududiy eksportdagi ulushi 92,7 foizni va aholi bandligida ulushi esa 57,6 foizni tashkil etdi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 162 ta loyiha bo‘yicha import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilib, prognoz 119,1 foizga bajarildi.  Shu bilan birga o‘tgan yil yakuni bilan shaharda mahsulot ishlab chiqarish hajmini kamaytirgan 17 ta yirik sanoat hamda chakana savdo, xizmatlar va ayniqsa pulli xizmatlar hajmlarini kamaytirgan korxonalarda joriy yilda ijobiy ko‘rsatkichlarga erishish choralari belgilandi.

Joriy yilda Mahalliylashtirish dasturi doirasida 156 ta loyiha bo‘yicha 1,3 trln. so‘mga teng mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari belgilandi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish hajmi 214 mlrd. so‘mga teng 43 ta loyiha qo‘shimcha shakllantirildi. Belgilangan prognoz ko‘rsatkichlariga ko‘ra, joriy yilda 1293 mln. dollarga teng tovar va xizmatlar eksporti amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari 2016 yilda kamida 8 mingta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini tashkil etib, tadbirkorlik sub'yektlariga ajratiladigan tijorat bank kreditlari hajmini kamida 1,3 martaga oshirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilmoqda. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o‘ninchi sessiyasi ishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev ishtirok etdi.

Ko‘proq yangiliklar: