IBM kompaniyasi savdolari 15 chorakdan beri pasaymoqda

Iqtisodiyot 00:31 / 21.01.2016 2699

IBM korporatsiyasi ketma-ket 15 chorakdan beri tushumi pasayotganini ma'lum qildi. Kompaniyaning foydasi ham pasaydi.

2015 yilning oxirgi 3 oyi natijalariga ko‘ra, IBM 4,5 mlrd dollar sof foyda oldi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19 foiz kamroqni tashkil qilgan.

Kompaniyaning choraklik tushumi 8,5 foizga, ya'ni 22,06 mlrd dollargacha kamaygan. Bu dollarning yuqori kursi bilan bog‘liq bo‘lgan. Shu omilning bir o‘zigina tufayli kompaniyaning 2015 yildagi tushumi 7 mlrd ga, oktabr-dekabr oylaridagi foydasi esa 300 mln dollarga kamaygan.

IBM’ning moliyaviy hisoboti chop etilgandan keyin uning aksiyalari 3 foizga arzonlashgan. Yil boshidan esa kompaniyaning aksiyalari 7 foizga kamaygan.

Ko‘proq yangiliklar: