BMT: Rossiyada 2016 yilda inflyatsiya darajasi 10,5 foizni tashkil qiladi, YaIM o‘sishi nolga teng bo‘ladi

Iqtisodiyot 08:14 / 21.01.2016 2758

2016 yil yakunlariga ko‘ra Rossiyada inflyatsiya darajasi 10,5 foizni tashkil qiladi, 2017 yilda esa bu ko‘rsatkich 7,1 foizga kamayadi. 2016 yilda YaIM o‘sishi nolga, 2017 yilda esa 1,2 foizga teng bo‘ladi.

Bu haqda 20 yanvarda chop etilgan BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamentining “Jahondagi iqtisodiy vaziyat va uning istiqbollari” deb nomlangan ma'ruzasida aytilmoqda.

BMT ekspertlarining fikricha, 2015 yil natijalariga ko‘ra Rossiya YaIMi 3,8 foizni, inflyatsiya darajasi esa 15,9 foizni, ya'ni 2012 yildagidan 3 marta ko‘proqni tashkil qilgan.

Mutaxassislar Rossiya iqtisodiyotiga neft narxining keskin pasayishi hamda AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan sanksiyalar salbiy ta'sir ko‘rsatganini aytishmoqda. Bu sanksiyalar kapitalning ortga qaytishi va investitsiyalarning kamayishiga olib kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: