Xalqaro valyuta jamg‘armasi MDH davlatlari iqtisodiyotlarining 2016-2017 yillarda o‘sish prognozlarini pasaytirdi

Iqtisodiyot 18:41 / 20.01.2016 4724

Xalqaro valyuta jamg‘armasi MDH davlatlari iqtisodiyotlarining 2016-2017 yillarda o‘sish prognozlarini pasaytirdi. Jumladan, yangilangan jahon iqtisodiyoti sharhida (World Economic Outlook Update, WEO) aytilishicha, 2016 yili Rossiyada YaIM o‘sishi 1 foizni tashkil qiladi, bu esa oktabrdagi bashoratlardan 0.4 foizga kamroqdir.

2015 yil yakunlariga ko‘ra Rossiya YaIMining tushishi 3.7 foizga baholandi. 2017 yilda Rossiya iqtisodiyoti 1 foizga o‘sadi.

MDH davlatlari iqtisodiyoti esa 2016 yilda umuman o‘smaydi, ya'ni nol darajadagi o‘sish kuzatiladi (noyabr prognozlaridan 0.5 foizga kam), 2017 yilda 1.7 foizga o‘sadi (0.3 foizga tushirilgan). Rossiya inobatga olinmagan taqdirda hisobot davrida MDH davlatlaridagi o‘sish 2.3 va 3.2 foizni tashkil qiladi (0.5 va 0.8 foizga kamaytirildi).
Shuningdek, jamg‘arma ekspertlarining fikricha, jahon miqyosida YaIM o‘sishi 2016-2017 yillarda 0.2 foizga pasayib, 3.4 va 3.6 foizni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: