O‘zbekistonda xorij kapitali ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 4,8 mingdan ortdi

Iqtisodiyot 20:22 / 20.01.2016 5673

O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda chet el kapitali ishtirokidagi 494ta yangi korxona ro‘yxatga olindi.

Ushbu korxonalarning 330tasi Toshkent shahrida, 44tasi Toshkent viloyatida, 23tasi Samarqand viloyatida, 21tasi Farg‘ona viloyatida, 20tasi Andijon viloyatida, 11tasi Surxondaryo viloyatida, 8tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 8tasi Namangan viloyatida, 7tasi Buxoro viloyatida, 7tasi Jizzax viloyatida va yana 7tasi Sirdaryo viloyatida tashkil etildi.

Ro‘yxatga olingan yangi korxonalarning 107tasi Xitoy Xalq Respublikasi, 91tasi Rossiya Federatsiyasi, 53tasi Koreya Respublikasi, 41tasi Buyuk Britaniya, 39tasi Turkiya Respublikasi, 22tasi Hindiston Respublikasi va 20tasi Qozog‘iston Respublikasi rezidentlari kapitali ishtirokida tashkil etildi.

Chet el kapitali ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarning 239tasi sanoat, 115tasi savdo va umumiy ovqatlanish, 36tasi qurilish, 10tasi qishloq xo‘jaligi, 9tasi transport va aloqa, 51tasi boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari va 22tasi sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport sohasida tashkil etilgan.

2016 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning umumiy soni 4,8 mingdan ortdi.

Ko‘proq yangiliklar: