Eron Yevropaga neftni 7 dollarlik chegirma bilan sotishga va'da berdi

Iqtisodiyot 17:50 / 20.01.2016 3766

Eron Islom respublikasi yevropalik iste'molchilarga o‘z neftini bir barreli uchun 6,55 dollargacha chegirma bilan sotishga tayyor. Ayni vaqtda esa Saudiya Arabistoni Yevropaga neftni 4,84 dollarlik chegirmada pullamoqda. Bu haqda Reuters agentligi Eron Milliy neft kompaniyasi ma'lumotiga asoslanib xabar bermoqda.

Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasida Yevropa neft bozoridagi raqobat mazkur mintaqadagi neft kotirovkalarini so‘nggi yetti yil ichidagi eng past darajaga tushirib yubordi.

Agentlik ekspertlarining fikricha, agarda neft narxi yuqoriroq darajada bo‘lganida, Eron neftiga yanada ko‘proq chegirma joriy etgan bo‘lar edi. Ularning qayd etishlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi raqobat OPeK tashkiloti birdamligiga ham jiddiy raxna soladi.

Ko‘proq yangiliklar: