Bank of America neft narxi 25 dollarga tushsa, Rossiya valyutasining taqdiri qanday bo‘lishini taxmin qildi

Iqtisodiyot 09:59 / 20.01.2016 15483

Amerikaning Bank of America Merrill Lynch (BofA) investitsiya banki ekspertlari agarda neft narxi bir barrel uchun 25 dollargacha tushib ketsa, dollar kursini 210 rublga chiqargan holda byudjyetni defitsitdan saqlab qolish mumkin, deya hisoblamoqda. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Bunda dekabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan tasdiqlangan byudjyetni 3 foizlik defitsit bilan bajarish uchun dollar narxi 140 rubl bo‘lishi kerak.
2016 yil uchun moliyaviy hujjat esa inflyatsiya darajasi 6,4 foizdan yuqori bo‘lmagan hamda Urals markali neft markasining o‘rtacha yillik bahosi bir barreli uchun 50 dollar miqdorida hisoblab chiqilgan edi.

Yil boshidan Brent markali neft narxi 20 foizga arzonlab, 2004 yildan buyon ilk marta barreliga 28 dollardan pastladi. Rossiyada dollar kursi esa 79 rubllik darajaga yetdi, yevro esa 86 rubldan baholanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: