Xitoyda elektr toki ishlab chiqarish 1968 yildan buyon ilk marta pastladi

Iqtisodiyot 09:07 / 19.01.2016 2769

Xitoyda 1968 yildan buyon birinchi marotaba elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 2015 yilga nisbatan 0,2 foizga pastladi, deya xabar bermoqda Reuters.

Statistika byurosining ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda XXRda 5,618 trln kVt/soat energiya ishlab chiqarilgan.

Qayd etilishicha, Xitoy ayni paytda havoning ifloslanishiga qarshi kurashmoqda. Ekologik muvozanatni barqarorlashtirish maqsadida ko‘mir bilan ishlaydigan energiya manbalari ishi sekinlatildi, gidrostansiya faoliyati ham sustlashtirildi.Bundan avvalroq esa 2015 yilda Xitoy YaIM hajmi 6,9 foizga qadar pastlagani xabar qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: