Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalar ikki barobar qisqardi

Iqtisodiyot 12:08 / 19.01.2016 11007

2015 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalar ikki barobar qisqardi. Bu haqda The Economist nashrida chop etilgan maqolada aytildi.

O‘z navbatida, Qirg‘izistonga pul o‘tkazmalari 44 foizga tushib, 2013 yil ko‘rsatkichini takrorladi, Tojikistonda 2012 yil, O‘zbekistonda 2010 yil darajasiga qadar tushish bo‘ldi.

Tojikistonning mehnatga layoqatli aholisining 40 foizi chet elda ishlamoqda. 2014 yilda ular YaIMning 42 foiziga teng pul mablag‘larini uylariga yuborishgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Tojikiston jahonda birinchi o‘rinda turibdi.

Armaniston, Gruziya va Qirg‘izistonga o‘tkazmalar esa YaIMning 10 foizidan oshdi; bu mehnat muhojirlari bilan mashhur bo‘lgan Filippindan ko‘ra ancha katta ko‘rsatkichdir.

Ko‘proq yangiliklar: