O‘zbekistonda 2015 yilda 55,5 mlrd. kVt·soat elektr energiya ishlab chiqarildi

Iqtisodiyot 22:35 / 19.01.2016 5229

«O‘zbekenergo» AJ 2015 yilda 55,5 mlrd. kVt·soatga yaqin elektr energiya ishlab chiqardi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar qilgan.

Hisobotda aytilishicha, 2014 yildagiga nisbatan 4,3 foiz o‘sish qayd etilgan.

2015 yilning 12 oyi davomida 8,2 mln. Gkal issiqlik energiyasi uzatilgan. Mahsulot va xizmat eksporti bo‘yicha topshiriq 100,1 foizga bajarildi.

Ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha belgilangan choralar natijasida mahsulotning tannarxi 14 foizga pasaydi.

Kompaniya korxonalarida mahalliy xom-ashyo asosida mahalliylashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriqning bajarilishi 106,5 foizni tashkil qildi.

Ko‘proq yangiliklar: