Jahonning eng innovatsion iqtisodiyotlari reytingida birinchi o‘rinni Janubiy Koreya egalladi

Iqtisodiyot 19:29 / 19.01.2016 10409

Bloomberg agentligi e'lon qilgan Innovation Index 2016 reytingi jahon iqtisodiyotlarining innovatsion taraqqiyotini baholadi. Agentlik ekspertlarining fikricha, bu sohada birinchi o‘rinda Janubiy Koreya ketmoqda. Undan keyingi o‘rinlar Germaniya va Shvetsiyaga nasib qildi.

Ekspertlar ro‘yxatni tuzishda ko‘plab omillarni inobatga olishdi. Bular orasida tadqiqot va ishlanmalarga yo‘naltirilayotgan xarajatlar, davlat hududida ishlayotgan yuqori texnologik kompaniyalar soni asosiy o‘rin kasb etadi.

Ta'kidlanishicha, Janubiy Koreya ilmiy va muhandislik yo‘nalishlarida oliy ma'lumotga ega bitiruvchilar soniga ko‘ra dunyoda eng yaxshi natija qayd qilgan. Shuningdek, u yuqori texnologik va patent berish faoliyati nuqtai nazaridan ikkinchi, tadqiqotchilar soniga ko‘ra oltinchi natijani qayd qildi. Umuman olganda, Janubiy Koreya 100 balli reytingda 91.31 bal to‘play oldi.

Kuchli o‘nlikka kiruvchi davlatlarning ko‘rsatkichlari esa 85-80 bal orasida.

Kuchli beshlikka Yaponiya va Shveytsariya yakun yasab berdi. O‘nlikka, shuningdek, Singapur, Finlyandiya, AQSh, Daniya, Fransiya kirdi.

50ta davlatni o‘z ichiga olgan reytingga MDHdan faqat ikkita davlat kiritildi: Rossiya (78.85) Isroildan keyin 12-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Qozog‘iston (48.48) ro‘yxatning eng oxiridan o‘rin oldi.

Ko‘proq yangiliklar: