General Electric maishiy texnika ishlab chiqaruvchi bo‘limini Xitoyning Haier kompaniyasiga 5,4 mlrd dollarga sotmoqda

Iqtisodiyot 00:34 / 19.01.2016 3392

General Electric (GE) kompaniyasi Qingdao Haier Co Ltd kompaniyasi bilan o‘ziga tegishli maishiy texnika ishlab chiqarish biznesini 5,4 mlrd dollarga sotishga kelishib oldi. Avvalroq GE’ning bu biznesiga Shvetsiyaning Electrolux kompaniyasi qiziqish bildirayotgan edi. Shved kompaniyasi unga 3,3 mlrd dollar taklif qilgandi, biroq AQSh antimonopol idoralari qarshiligi sababli bitim tuzilmagandi. Shanxayda joylashgan Qingdao Haier Co. kompaniyasining 41 foiz aksiyasi Haier kompaniyasiga tegishli.

Agar AQSh antimonopol idoralari va Xitoyning rivojlanish va islohotlar davlat qo‘mitasi tomonidan e'tirozlar bildirilmasa, bitimni joriy yilning o‘rtalariga yakunlash rejalashtirilmoqda. Shundan keyin Xitoyning Haier kompaniyasi GE Appliances brendidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritadi. Bo‘limning bosh qarorgohi avvalgi joyi Luisvillda qolaveradi.

GE’ning ma'lum qilishicha, bitim qiymati GE Appliances oxirgi 12 oy ichida soliqlar, foizlar, eskirish va amortizatsiya xarajatlari chiqarib tashlangandan keyin olgan daromadidan 10 marta ko‘proqni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: