Eron Yevropaga gaz yetkazib berishga tayyorligini bildirdi

Iqtisodiyot 20:02 / 19.01.2016 4083

Eron Yevropaga gaz yetkazib berishga tayyor. Bu haqda Eron milliy gaz kompaniyasining xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori Azizulla Ramezaniy ma'lum qildi.

“Eronning dunyodagi eng yirik gaz zaxiralariga ega hududda joylashgani unga barcha tomonga gaz sotishga imkon beradi”, - dedi Ramezaniy.
Uning fikricha, energiya tashuvchilar eksporti qo‘shni yoki mintaqa davlatlari tomonidan cheklanmasligi kerak. Mos ravishda, uzoq mamlakatlar, ayniqsa Yevropa Ittifoqi davlatlariga gaz yetkazish kun tartibiga chiqarilishi lozim. Zero Yevropaga gaz eksport qilish iqtisodiy foyda keltirishdan tashqari, xalqaro va siyosiy ahamiyatga ega.

“Ayni paytda Rossiya Yevropaga 3 ming kilometrlik quvurlar bo‘ylab gaz sotmoqda. Eron ham yetkazib bera oladi, -dedi amaldor. – Biz YeI mamlakatlari tomonidan gaz va energetik sohalardagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha muzokaralarni xush qarshi olamiz”.
Eron kompaniyasi direktorining so‘zlariga ko‘ra, tabiiy gazni Yevropaga yetkazish bo‘yicha turli yo‘nalishlar ishlab chiqilgan. Jumladan, Qora dengiz, Suriya, Iroq, Turkiya yoki bir qancha quvurlar orqali yetkazilishi mumkin. Eron gazi o‘zining boshqa raqobatchilardan arzonligi bilan ajralib turadi.

Ko‘proq yangiliklar: