Brent nefti narxi o‘sdi

Iqtisodiyot 17:57 / 19.01.2016 6135

Neftning xalqaro bozordagi narxi seshanba kungi birja savdolarida ko‘tarila boshladi.

RIA «Novosti» bergan ma'lumotga ko‘ra, Brent markali neft narxi 19 yanvarga kelib 1 barreli yana 30 dollardan oshdi.

Bugun soat 17:00ga qadar bo‘lgan birja savdolarida martdagi fyuchersi Shimoliy dengiz neft aralashmasining Brent markasiga nisbatan 5,76 foizga o‘sib, bir barreli 30,18 dollargacha yetgan. WTI markali neft narxi esa 2,88 foizga o‘sib, barreliga 30,08 dollarni tashkil qilmoqda.

Shunga qaramasdan, neftning narxi 12 yillik tarixidagi eng past ko‘rsatkichni saqlab qolmoqda. Xalqaro energetika agentligi oldinroq bergan bayonotida neft narxining pasayishi yil davomida kuzatilishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: