Shimoliy Dakotada neft narxi noldan pastga tushib ketdi

Iqtisodiyot 20:31 / 18.01.2016 5065

Shimoliy Dakota shtatida neft qayti ishlash bilan shug‘ullanadigan Flint Hills Resources kompaniyasi yetkazib beruvchilarga yuqori sifatli neftning har bir barreli uchun 50 sent ustama to‘lashga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda. O‘tgan yili bunday neftning bir bochkasi 13.5 dollar, 2014 yilda esa 47.6 dollar turardi.

Neftning konkret navini qayta ishlash va yetkazish uchun texnik quvvat yetishmovchiligi minus narxda ishlashga majbur qilmoqda, deyiladi xabarnomada. Bunday navli neftni xom ashyodan neft mahsulotiga aylantirish uchun qimmat texnika talab qilinadi.

Shu bilan birga, tahlilchilarning fikricha, minus narxlar Shimoliy Amerika neft bozoridagi vaziyatning murakkabligini ko‘rsatib beradi. Masalan, Kanada bitumining narxi 8.35 dollarni tashkil qilmoqda, vaholanki, bir yil oldin u 80 dollarga sotilayotgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: