Qo‘ng‘irot soda zavodi quvvati 2 baravar oshadi

Iqtisodiyot 16:18 / 18.01.2016 6006

Xitoyning CITIC kompaniyasi O‘zbekistondagi Qo‘ng‘irot soda zavodi quvvatini oshiradi. Bu haqda loyiha buyurtmachisi bo‘lgan “O‘zkimyosanoat” vakiliga asoslanib, Sputnik agentligi xabar berdi . 

2012 yilda Xitoyning CITIC Ltd kompaniyasi va “O‘zkimyosanoat” AJ Qo‘ng‘irot soda zavodi quvvatini ikki baravarga oshirib, yiliga 200 ming tonnaga yetkizish uchun asbob uskunalar loyihalashtirish va yetkiziyub berish borasida shartnoma imzolashgandi.

“Yangi asbob-uskunalar o‘rnatilgan va sinov tartibida ishga tushirilgan, yaqin ikki oy ichida zavod to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi”, — dedi “O‘zkimyosanoat” vakili.

Loyiha uchun kerak bo‘lgan sarmoyaning 77 mln dollar Eksimbank tomonidan, 14,4 mln dollar — O‘zbekiston taraqqiyot fondidan va qolgan qismini “O‘zkimyosanoat” tomonidan kiritilgan.

2008 yilning avgustida CITIC Ltd umumiy qiymati 250 mln dollar bo‘lgan Qo‘ng‘irot soda zavodini ishga tushirdi. Zavod quvvati yiliga 100 ming tonna sodani tashkil qiladi. Sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistonga yiliga 150-160 ming tonna kalsiylashtirilgan soda olib kelinar edi. Bugungi kunda respublikada ushbu mahsulotga bo‘lgan ehtiyoj 70-80 ming tonnani tashkil qilmoqda.

Zavodning xom ashyo bazasi “Borsakelmas” osh tuzi koni va “Jamansoy” ohak konlari hisoblanadi.

Kaltsiylashtirilgan soda yoki natriy karbonati juda ko‘p sohalarda ishlatiladi. Oyna (shisha) va emal bo‘yoqlar sanoatida, turli xil tozalash kimyoviy moddalari, kir yuvish kukunlari va sovun ishlab chiqarishda. Undan tashqari, natriy karbonati suvning qattiqligini yumshatishda, cho‘yan sanoatida va metallarni yog‘sizlantirishda ham ishlatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: