O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2826 so‘mdan oshdi

Iqtisodiyot 12:55 / 18.01.2016 4549

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2016 yilning 19 yanvaridan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlar uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari bir hafta oldingi kursga nisbatan 5 so‘m 5 tiyinga qimmatlashib, qiymati 2 826 so‘m 48 tiyinni tashkil qilmoqda. 1 Yevro 25 so‘m 3 tiyinga arzonlashib 3 078 so‘m 88 tiyinni tashkil qilib turibdi.

Bu haftada Rossiya rublining so‘mga nisbatan qiymati pasaydi. Yangi kursga ko‘ra, 1 Rossiya rubli 1 so‘m 77 tiyinga arzonlashib, 36 so‘m 92 tiyin qiymatga ega bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: