O‘zbekistonda bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi 23,3 foizni tashkil etdi

Iqtisodiyot 15:50 / 18.01.2016 4350

2016 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston banklarining umumiy kapitali 7,8 trln so‘mga baholandi. Bu haqda Markaziy bankning bank tizimining 2015 yildagi faoliyatiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda ma'lum qilindi.

UzDaily.uz xabarida keltirilishicha, bugungi kundagi bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi 23,3 foizni tashkil etib, bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi belgilagan talablardan 3 barobar (8 foiz) ko‘p demakdir.

Bank aktivlarining tezda pulga aylanib quvvatliligi 64,6 foizga yetib, bu jahon amaliyotida qabul qilingan me'yordan ikki barobar ko‘pdir.O‘zbekiston banklarining jami aktivlari esa o‘tgan yilda 25,1 foizga ortib, 65,2 trln so‘mdan ko‘proqqa yetdi.

Hisobot yilida iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlar miqdori o‘tgan yilgan qaraganda 27,3 foizga ko‘payib, 2016 yilning 1 yanvar holatida 42,7 trln so‘mni tashkil etdi. investitsion maqsadlarga ajratilgan kreditlar esa 1,2 barobarga ko‘payib, 10,2 trln so‘mga yetdi.

Ko‘proq yangiliklar: