Olland Fransiyada favqulodda iqtisodiy holat joriy qildi

Iqtisodiyot 17:26 / 18.01.2016 3990

Fransiyada prezident Fransua Ollandning farmoniga binoan favqulodda iqtisodiy holat joriy qildi, deb xabar bermoqda AR agentligi.

Uning tushuntirishicha, shu kunlarda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy modeli qayta ko‘rib chiqiladi.

Fransua Olland biznes yetakchilarga yo‘llangan yillik murojaatda bugungi kunda taklif qilinayotgan bir qator iqtisodiy chora-tadbirlarni oshkor qildi.

Ular iqtisodiyotni stagnatsiyadan olib chiqib, ishsizlikni qisqartirishga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, Ollandga alohida vakolatlar berilishi yoki 35 soatlik ish haftasi borasidagi takliflar ko‘rib chiqilmasligi ta'kidlandi.

Ko‘proq yangiliklar: