Brent nefti 28 dollardan pastroq narxda sotildi

Iqtisodiyot 08:58 / 18.01.2016 3269

Brent nefti narxi London birjasidagi savdolar vaqtida 28 dollardan pasayib ketdi. Bundan savdolar ma'lumotlari darak bermoqda.

Toshkent vaqti bilan soat 04.25 da Brent nefti barreli 27,72 dollardan sotilgan. Biroq 2 soat o‘tib uning narxi 28,39 dollarga ko‘tarildi.

Bloomberg agentligining ta'kidlashicha, neft narxining pasayishiga Erondan sanksiyalarning olinishi hamda neft zaxiralarining me'yoridan ko‘payib ketishidan tobora katta xavfsirash sabab bo‘lgani ehtimol qilinmoqda.

Gonkongning Nomura Holdings Inc. kompaniyasi tahlilchisi Gordon Kvanning fikricha, neft narxi yaqin orada 25 dollarga tushib ketishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: