Bloomberg: rubl va rand rivojlanayotgan davlatlar valyutalari orasida eng ko‘p darajada qadrsizlandi

Iqtisodiyot 23:22 / 18.01.2016 3448

Rossiya rubli va Janubiy Afrika randi rivojlanayotgan davlatlar valyutalari qadrsizlanishi reytingining eng yuqori pog‘onasini egalladi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.

Agentlikning ta'kidlashicha, Rossiya byudjyetining 50 foiz daromadini tashkil qiluvchi gaz va neft narxlarining keskin tushishi rublning 6,6 foizga zaiflashishiga olib keldi. Hozirda energiya zaxiralariga narxning tushishida asosiy omil Eronning neft bozoriga qaytishi va talab va taklifning nomutanosibligi bo‘lmoqda.

18 yanvardagi savdolar vaqtida Brent nefti 28 dollardan pastroq narxda sotilib, 12 yillik minimum qiymatini yangiladi. Agentlikning ta'kidlashicha, Rossiyaning joriy yil uchun byudjyeti Brent neftining o‘rtacha narxi 50 dollar bo‘lishini inobatga olib tuzilgan.

Ko‘proq yangiliklar: